Yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati S.Tilovov

#162_ta_qonun

🇺🇿Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati S.Tilovov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

🇺🇿Mazkur Qonun ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ilmiy izlanishlar erkinligini ta’minlash, ilmiy faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Shuningdek, ilmiy xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilm-fan natijalarini iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish masalalari ushbu Qonunda mustahkamlangan.

🇺🇿Ta’kidlanganidek, ilm-fan taraqqiyoti har qanday davlat rivojining muhim omili hisoblanadi. Yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish, innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bilimlarni egallashga rag‘batlantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTu