Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlar
Mahallada yoshlar bilan samarali ishlash maqsadida Nurafshon shahar Kengashi deputati, shu bilan birgalikda Madad NNT xodimi N.Niyozov Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari Sh.Inomxonov hamda hudud deputat K.Xakimovlar bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid muammolari tinglandi hamda har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrosini nazoratga olish tartibi belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy maqsad etib belgilandi.

Slide 1 of 3