Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov kuni kecha saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Marg‘ilon shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yubordi.

Unda Yoyilma mahallasining S.Buxoriy ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari, xususan, o‘rnatilgan tayanchlarga SIP kabelini ulash ishlari nega yakunlanmagani, kechikish sabablari, ishlarni tugallash muddatlari hamda mas’ul ijrochilar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 1