Deputatlar hunarmand xotin-qizlar bilan uchrashuvda ishtirok etdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari E.Hamroyev hamda U.Yangiboyev tumandagi 12-son musiqa va san'at maktabida hunarmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda "Ustoz-shogird" an'analarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar.
Tadbir davomida hunarmand ayollar va qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kasb-hunar ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalliy hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar, kashtachilik, zargarlik va zardo‘zlik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Tadbir yakunida o‘zining faolligi va mahorati bilan ajralib turgan bir guruh hunarmand xotin-qizlar munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning hunarmandchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram