Yangiliklar

Yoshlar bandligi va tashabbuslari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🤝 O‘rganish davomida “Yangi makon” OFY yoshlar yetakchisi Sh.Niyazimbetov bilan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🌱 Shuningdek, issiqxona tashkil etib, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy natijalarni joyida o‘rganish bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2