Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Andijon pedagogika texnikumida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tashabbusi bilan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida malakali shifokorlar tomonidan qizlarning salomatligi tekshirilib, kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish, shaxsiy gigiena hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yoshlar salomatligi — jamiyat kelajagi.

Slide 1 of 3