Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U. Salimov tomonidan “Penchak silat” sport turi bilan shug‘ullanayotgan yosh sportchilar va ularning murabbiylari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning samarali tashkil etilishi, sport zallarining holati hamda sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi. Sportchilar va murabbiylar tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Muloqot jarayonida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam ravishda musobaqalarga tayyorlash, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yuksak natijalarga erishishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, sport — nafaqat jismoniy chiniqish, balki yoshlarni vatanparvarlik, intizom va qat’iyat ruhida tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. Shu bois tumanda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda ularning yutuqlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4