Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov bir guruh professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yurtimiz tarixida og‘ir iz qoldirgan qatag‘on davri, xalqimiz ozodligi, ma’rifati va taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida fikr almashildi.
Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda tarixiy haqiqatni chuqur anglash, ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish hamda jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!