Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Toyloq tumanida qonuniylik va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida Toyloq tumani prokurori Ulug‘bek Oqbutayevning 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti tinglandi. Hisobotda PQ-1-son qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sessiya yakunida deputatlar tomonidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Xususan, hududda o‘rnatilayotgan shaxsni tasdiqlovchi kuzatuv kameralari, ularning samaradorligi hamda aholining xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

🎤Jonli efir: 👉Batafsil:  https://www.facebook.com/share/v/1EEZr3GsCy/
📲 Telegram | 💻Facebook