Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv va mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 Tashriflar davomida saylovchilar bilan suhbatlashilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga oid takliflar tinglandi.

 Shuningdek, mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligi, ta’lim va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

 Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

 Deputatlik faoliyatida aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish va ularning muammolarini joyida hal etish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.