O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.