📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasining majlisi o‘tkazildi.
Majlisda
Sherobod tumani “Sherobod” mahallasi hududidagi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish ishlari to‘g‘risida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Sherobod tuman inspeksiyasi boshlig‘i O. Sherdilovning hisoboti tinglandi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.