Yangiliklar

#Deputat_nazorati

Tibbiyot birlashmasi faoliyati ko‘zdan kechirildi Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish doimiy e’tiborda. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Shifoxonadagi shart-sharoitlar.
Bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati.
Dori-darmon ta'minoti zaxirasi.
Shifokorlar va xodimlarning ish tartibi.
Kotibiyat mudiri muassasada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
Aholi murojaatlari va takliflari nazoratga olindi.
Kengash kotibiyati bu kabi o‘rganishlarni doimiy ravishda davom ettiradi.

Slide 1 of 3