Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Umarova Shaxnoza Mirzaxidovna  “Chimyon” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashib, mavjud muammolari yuzasidan suhbatalar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qaroriga muvofiq, xotin-qizlar faoli bilan hududdagi yo‘nalish bo‘yicha muammolar muhokama qilindi. O‘zaro suhbatlar jarayonida mavjud murojaat va muammolar o‘rganildi.  

O‘rganish natijalari asosida mutasaddi vakillarga “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4