Yangiliklar

Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda qonunlar ijrosini o‘rgandi

🔴O‘rganishlar davomida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish hamda qonunchilik talablarining hayotga to‘g‘ri tatbiq etilishi borasidagi eng dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

🔴Deputat va adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida kechgan uchrashuvda qonun ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish choralari belgilab olindi.

🔴Muloqot yakunida tumanda qonuniylikni mustahkamlash va aholining huquqiy himoyasini kuchaytirishdek umumiy maqsadlar yo‘lida Kengash deputati hamda adliya idorasi o‘rtasida yaqin va istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

🔴Bunday maqsadli va hamjihatlikdagi tizimli hamkorlik kelgusida hudud ravnaqini ta’minlash bilan bir qatorda, qonun hujjatlarining hayotiyligini oshirish va biriktirilgan tashkilot faoliyati samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4