#Ekopartiya
#Qoʻshkoʻpir_tuman
#Aksiya
31-may – Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Sog‘lom hayot, sog‘lom muhit” shiori ostidagi “Bir haftalik” chekishga qarshi kurashish aksiyasi doirasida Qo‘shko‘pir
tumanining eng chekka, Turkmaniston bilan chegara hududida joylashgan 23-son oilaviy poliklinikada targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati X. Artikov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Rahimova boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida chekishning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda yoshlar orasida zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.