Yangiliklar

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan Yashnobod MFY hududida joylashgan 204-sonli, 244-sonli hamda 166-sonli umumta’lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar, sinfxonalar holati, obodonlashtirish ишлари, o‘quvchilar xavfsizligi, sanitariya holati hamda o‘quvchilarning ovqatlanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, maktab rahbariyati va mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1