Yangiliklar

SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI VA MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, takliflar hamda hududdagi dolzarb muammolar atroflicha oʻrganildi. Xususan, infratuzilma, obodonlashtirish, ichimlik suvi, yoʻl holati, bandlik va ijtimoiy masalalar yuzasidan koʻtarilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimlar ishlab chiqish hamda hudud rivoji boʻyicha fikr almashildi. Bunday muloqotlar mavjud muammolarni aniqlash va hal etishda muhim ahamyat kasb etadi.

Slide 1 of 1