Termiz shahar Kengashida mahallalar faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinmoqda
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining Termiz shahridagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
💬 Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti tinglandi.
▫️Hisobotda mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini manzilli hal etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirish hamda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
▫️Shuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar muhokama markazida bo‘ldi.
🔅Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
🔅Muhokamalar davomida mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🫥Mas’ullar: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi — A. Mustafakulov.