Yangiliklar

Termiz shahar Kengashida ayrim ko‘chalarga nom berish masalasi muhokama qilinmoqda

Yig‘ilish kun tartibidan Termiz shahridagi ayrim ko‘chalarning nomlarini tasdiqlash yuzasidan kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish masalasi o‘rin oldi.

💬 Muhokamalar O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori talablari asosida olib borilmoqda. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar geografik obyektlarga nom berish, ularni qayta nomlash va bu boradagi ishlarni qonuniy tartibga solish mexanizmlarini belgilab beradi.

💬 Yig‘ilish davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 11-martdagi 05-19-4299-sonli ekspert xulosasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ushbu xulosada geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash bo‘yicha taqdim etilgan takliflarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli fikrlar bildirildi.

💬 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ko‘cha nomlarini belgilashda hududning tarixiy qadriyatlari, milliy an’analar, ma’naviy meros hamda aholi manfaatlarini inobatga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Shuningdek, muhokamalar davomida yangi nomlarning hujjatlarda aks ettirilishi, manzillar tizimini tartibga solish, aholiga qulaylik yaratish va yagona elektron bazalar bilan uyg‘unligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🫥Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli xulosalar shakllantirilib, masalani xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Slide 1 of 3