Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari “Barkamol avlod” MFY hududida faoliyat yuritayotgan Namangan shahridagi “Balance Tex” MChJ faoliyatini yaqindan o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, deputatlar — O. Yusupov, A. Nishanov, B. Halilov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mavjud sharoitlar va faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar hududlarda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.