Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘. Shukurov hamda Fuqarolik pasporti va qayd etish bo‘limi boshlig‘i tomonidan Do‘rmonsoy mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📈Uchrashuv davomida fuqarolik pasportini olish masalasida murojaat qilgan aholi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
✍️Pasport rasmiylashtirish tartibi, zarur hujjatlar va belgilangan muddatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
📖Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan savollar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan aniq izohlar berildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Aholiga qulaylik yaratish va murojaatlarni ijobiy hal etish ishlari davom etmoqda.