Xotira bor ekan — millat barhayot!
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda xalqimizning eng qadri baland, ma’naviy ahamiyati yuksak bayramlaridan biri sifatida keng nishonlanmoqda. Bu sana — Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi erkin hayotimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir.
Bugun Bandixon tumanida ham ushbu muborak sana munosabati bilan xotira va qadrlash tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi Jurayev Erkinjon Normurodovich tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda tuman Kengashi deputatlari O.Ishpo'latov, N.Allamuratova, I.Xalmatov, S.Shaydilovlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning jasorati yodga olinib, ularning mardligi va matonati yosh avlod uchun haqiqiy ibrat ekani ta’kidlandi.
Ajdodlarimizning qahramonligi, sabr-toqati va Vatanga sadoqati — bugungi yoshlar qalbida ham vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlamoqda.
Xotira — muqaddas. Qadrlash esa insoniylikning eng oliy fazilatidir.