🤝 Deputat xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tashabbusi bilan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
👩🦰🤝 Uchrashuvda mahallalarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar topish masalalari muhokama qilindi.
💬 Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, tegishli yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlar belgilandi.
🌸 Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi va samarali fikr almashinuviga boy bo‘ldi