Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat M.Naimova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan Vobkent tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tumandagi “Istiqlol” MFYda oʻrganish ishlarini olib bordi.
2026-yil I choragi davomida “Istiqlol” MFYning taklif va buyurtmalariga asosan tegishli mablagʻlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan belgilangan tartibda xarajat qilish uchun sarflangan.
Jumladan;
-mahalla binosida energiya tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish hamda energiya samaradorligi taʼminoti yaxshilash uchun 5 kvt quyosh paneli xarid qilingan;
-mahallaning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining samarali ish faoliyatini yuritishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularga 1 ta konditsioner olingan;
mahalla hududlarida koʻchalarning kechgi vaqtlarda xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10 dona quyosh panelli elektr tejamkor koʻcha chiroqlarini xarid qilinganligi hamda mazkur amalga oshirilgan ishlar boʻyicha daftar yuritilgan, dalolatnomalar mavjudligi aniqlandi.