🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan mo‘ljallangan ish rejasi asosan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida hududlarda ko‘chat ekish, ularni parvarishlash va sug‘orish ishlarining holati, shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
🔷Shu bilan birga, ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish, ularni muntazam parvarish qilish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.