Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlar va mahalla yettiligi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ichimlik suvi muammosi o‘rganilmoqda
янв.21
Jo‘lanagar mahallasida tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Boyovut tumanida 5-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Al-Beruniy” shoh ko‘chasi 24/7 rejimga moslashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida bo‘sh turgan davlat aktivlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Saylovchilar bilan uchrashuvlar yakunlari” muhokama qilindi
Munosabat

 Munosabat : 

“Yashil makon” umumxalq loyihasi mamlakatimizda
ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi
muhim tashabbusdir. Mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan
ko‘kalamzorlashtirish ishlari aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni
yuksaltirish, havo sifatini yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishining salbiy
ta’sirini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
 

“Bir fuqaro – bir daraxt” tamoyili jamiyatda
mas’uliyat hissini kuchaytirib, fuqarolarni tabiatga e’tiborli bo‘lishga
undamoqda. Shu bilan birga, ekilgan daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish
tizimini yo‘lga qo‘yish va ularning yashab ketishini ta’minlash ustuvor vazifa
hisoblanadi.
 

Xulosa qilib aytganda, ushbu loyiha nafaqat ekologik,
balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Uni qo‘llab-quvvatlash va
amalga oshirishda faol ishtirok etish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir
tuman kengashi deputati N.Ibragimova