Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlar va mahalla yettiligi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ichimlik suvi muammosi o‘rganilmoqda
янв.21
Jo‘lanagar mahallasida tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Boyovut tumanida 5-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Al-Beruniy” shoh ko‘chasi 24/7 rejimga moslashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida bo‘sh turgan davlat aktivlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Saylovchilar bilan uchrashuvlar yakunlari” muhokama qilindi
Deputatlik nazorati: "Xatib qahramon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

 Deputatlik nazorati: "Xatib qahramon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

🔵O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosini ta’minlash hamda hududlarda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tumanimizda izchil o‘rganishlar davom etmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda deputatlar S.Rajabova va T.Ashurovalar tomonidan “Xatib qahramon” mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi tomonidan mahalla drayveridan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar;

✅ Ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan manzilli ijtimoiy yordam holati;

✅ Senat tavsiyalarida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi amaliy ijrosi.