O‘rganish davomida o‘quvchilar sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zali hamda mavjud jihozlarning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, jihozlarni yangilash va yoshlarni sportga keng jalb etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, bu boradagi ishlar nazoratga olindi.