Yangiliklar

SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Joriy yilning 22-aprel kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxamedov Xamidulla Xabibullayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Toyirovlar Navoiy shahar "Kimyogar" MFYda aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganishdi.

Mazkur murojaatlarning asosiy mazmuni mahalla hududida sugorish tizimini ishga tushurish va tungi yoritish tizimini qayta faollashtirish bo‘lgan.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati X.Muxamedov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Toyirovlar mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechish chorasini ko‘rishdi.

Slide 1 of 5