#24_yonalish
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L. Djamolova tomonidan tumandagi “Kattasaydov” MFY hududida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning murojaati asosida uning xonadoni ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, fuqaroning yashash sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida unga amaliy yordam ko‘rsatilib, zarur yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli tartibda murojaat qilish tartibi tushuntirildi hamda deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)