Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ichimlik suvi muammosi o‘rganilmoqda
янв.21
Jo‘lanagar mahallasida tungi yoritish tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Boyovut tumanida 5-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Al-Beruniy” shoh ko‘chasi 24/7 rejimga moslashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida bo‘sh turgan davlat aktivlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Boyovut tumanida “Saylovchilar bilan uchrashuvlar yakunlari” muhokama qilindi
янв.21
Boyovut tumanida Kengash qarorlari ijroga yo‘naltirildi.
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirildi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan mahallalarda tibbiy xizmat sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, hududlarda faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aholi bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, tibbiy xizmatdan foydalanish darajasi, uyma-uy xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, patronaj xizmatini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3