Yangiliklar

Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi

⏺Ushbu tashrif xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori (https://kengash.gov.uz/doc/264250) ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Mazkur qaror asosida mahalladagi muhtoj oilalarning uy-joylarini ta’mirlash belgilangan.

💬 Ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan xonadonlarning bugungi holati ko‘zdan kechirildi:

✔️amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘lami tahlil qilindi;

✔️oilalar bilan suhbatlashib, ularning ehtiyojlari va yashash sharoitlari o‘rganildi.

💬Deputat tomonidan mazkur xonadonlarda ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥Bu kabi tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning yashash darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1