Yangiliklar

Muhim ijtimoiy loyiha muhokamada!

Mazkur loyiha doirasida ehtiyojmand oilalar uchun yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joylarning issiqlikni saqlash darajasini oshirish hamda energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsad qilingan.

💬Shu bilan birga, loyiha doirasida shakllantirilgan moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘ ajratish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi muhokama qilinmoqda.

🫥Ushbu tashabbus aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.