Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov tomonidan o‘z saylov okrugidagi umumta’lim maktablarida "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida 26-sonli umumta’lim maktabida qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, maktab hojatxonasida zarur sharoitlar mavjud emasligi, o‘rganish vaqtida rahbariyatning ish joyida emasligi kuzatildi. Shuningdek, o‘quvchilar davomatining pastligi hamda o‘qituvchilarning me’yoriy hujjatlari to‘liq tartibga keltirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. Mazkur holat deputat nazoratiga olinib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.