Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#E'lon #Deputat_axboroti

Hurmatli "Olmaliqovul" va "Muqimiy" mahallalari fuqarolari!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Nargiza Atakulova Sizlarni ochiq muloqotga taklif etadi. Uchrashuvda deputatning amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti tinglanadi hamda mahallalardagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

📥 Uchrashuvda ishtirok etadilar:

✅"Mahalla yettiligi" vakillari;

✅Mas’ul tashkilotlar mutasaddilari.

🗓 Vaqti: 2026-yil 3-aprel (juma)kuni

🕛 Soat: 12:00 da

📌Manzil: "Olmaliqovul" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi.

O‘z hududingizdagi muammolarni ko‘tarish, takliflaringizni bildirish va deputat faoliyati bilan tanishish uchun barchangizni kutib qolamiz. Zero, mahalladagi obodlik va farovonlik barchamizning birdamligimizga bog‘liq!