Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik_faoliyatidan

Yashil Makon: Mirzo Ulug‘bek mahallasida yangi nihollar ekildi 

Bugun yurtimizda tabiatni asrash va yashil hududlarni kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar amalda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek mahallasining Dala hovli hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Mahalla bog‘i" tashkil etildi. 

Tadbirda mahalla ahli — yoshu qari bir yoqadan bosh chiqarib, katta ishtiyoq bilan ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu jarayonda shahar hokimi, shahar deputati Dilfuza Kambarova ham qatnashib, ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Har bir ekilgan nihol ertangi kunimiz uchun yashil umid, hududimiz uchun esa yanada fayzli va obod muhit demakdir.

Slide 1 of 3