Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H.Karayeva hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlarning "Yangiobod" MFY da saylovchilar bilan uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
📌Uchrashuvda saylovchilarga 2025 yil davomida deputatlik faoliyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berish bilan birga Oliy Majlis Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish berdilar.
📌 Deputatlar uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.Bafoyev va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Toyirovlar nomiga 11.03.2026 yildagi 21-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi. 👉 t.me/JondorKengashi