Yangiliklar

MEMORANDUM IMZOLANDI.

Imzolangan memorandum doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Jondor tumani bosh mutaxassisi R.Ismoilov bilan hamkorlikda aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy va manzilli yordam koʻrsatish ishlari tizimli ravishda tashkil etiladi.

Mazkur memorandum fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ochiqlik, shaffoflik tamoyillarini taʼminlash, aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4