Yangiliklar

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Ro‘ziqulova Dilobar Sirojevna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 18 -iyuldagi 267-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xonchorbog‘ MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatli tashkil etilishi tahlil qilindi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash tartiblari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish davomida G. Hamdamova murojaati ham ko‘rib chiqildi. Murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, mahalladagi ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rildi. Xususan, fuqaroning farzand uchun bola puli olish arizasini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, G. Hamdamovaning moddiy yordam olish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, oilaning ijtimoiy holati inobatga olingan holda belgilangan tartibda so‘rovnoma to‘ldirildi va zarur choralar ko‘rildi.

Mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va yordamga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Deputat tomonidan bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2