Yangiliklar

🔰#Jamoatchilik nazorati

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati masʼul xodimlari tomonidan “Zargarlik” MFY hududida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi shuningdek, liftlarni ishlashi holati bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Tadbir davomida MFYdagi ko‘p qavatli 5-uyning liftini ishlamayotganligi aniqlandi. Ushbu muammoni qisqa muddatda bartaraf etilishi bo‘yicha hududiy boshqaruv servis kompaniyasi va shahar elektr tarmog‘i masʼullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi bo‘yicha kelishildi va nazoratga olindi.

🔹Deputatlar tomonidan mazkur ishlar bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.

Slide 1 of 7