Haftalik ish rejasi doirasida xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov hamda tuman Kengashi deputati B.Baratov ishtirokida "Xalqabod" mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘rganish tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida mahalladagi ichki yo‘llarning ta’mirlanish holati va amalga oshirilayotgan ishlar sifati ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.