O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholining tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilarga aholining tomorqalaridan samarali foydalanishini yanada kengaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va daromadli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.