Yangiliklar

Deputat va nuroniylar uchrashuvi — hurmat va e’tibor namunasi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Aliyev tomonidan o‘z saylov okrugida istiqomat qilayotgan nuroniy, keksa otaxonlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

  Uchrashuv davomida yurtimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Nuroniylar tomonidan mahalladagi ijtimoiy hayot, yoshlar tarbiyasi, obodonchilik ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha qator taklif va mulohazalar bildirildi. 

  Deputat N.Aliyev tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv nuroniylar duosi va ezgu tilaklari bilan yakunlandi.

Slide 1 of 2