Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Muhokama markazida: Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bugun qay darajada? 

  Oqoltin tumani hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Suvonov tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

  Yig‘ilishda tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, bemorlarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish, zamonaviy davolash usullari keng joriy etish hamda profilaktika ishlari kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

  Shu bilan birga, tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan aholi bugun qaydarajada rozi? degan muhim savol ham o‘rtaga tashlandi. Ayrim joylarda uchrayotgan kamchiliklar, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4