Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov tomonidan tumanning Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi aholi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiyot muassasasining sharoitlari hamda tibbiy xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mahalla aholisi bilan suhbat davomida ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonida uchrayotgan muammolari va takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarga qulay sharoit yaratish doimiy e’tiborda bo‘lishi qayd etildi.