📊 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
10–13 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha DAYJEST
📅 10-mart
👩💼 Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat
Yo‘ldoshova Oyimjon Kurvonnozarovna tomonidan saylov okrugida deputat qabuli tashkil etildi.
🤝 Qabul davomida:
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi
📅 11-mart
👩💼 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat
Shodonova Dilorom Qadamovna hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi.
🏫 O‘rganilgan obyektlar:
🔥 Eshon qal’a mahallasidagi DMTT
Isitish tizimi
Bolalar uchun yaratilgan sharoitlar
🏗 17-umumta’lim maktabi
Qurilish-ta’mirlash ishlari
🏥 Arbek mahallasidagi oilaviy poliklinika
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
📅 12-mart
👨💼 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri
Masharipov Izzat Masharipovich hamda
23-Ijtimoiyat saylov okrugidan deputat
Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li hududda o‘rganishlar olib bordilar.
🛒 O‘rganildi:
Bozor faoliyati
Sanitariya-gigiyena holati
⚡️ Shuningdek:
Elektr energiyasi
Suyultirilgan gaz
Ko‘mir ta’minoti
📨 Aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
🎓 “Yoshlarni kasbga yo‘naltirish – kelajak poydevori”
👨🏫 Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari uchun amaliy uchrashuv tashkil etildi.
🏭 Tadbir Shovot tumani Kengashi deputati
Ismailov Xursand Baltabayevich tashabbusi bilan
📍 “UZTEX GROUP” MChJ KK Shovot filialida o‘tkazildi.
📅 13-mart
👨💼 Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich va
👨💼 3-Katqal’a saylov okrugidan deputat
Bobojonov Jamolbek Jumabayevich
📍 Tuproqqal’a mahallasi infratuzilmasi bilan tanishdilar.
📌 Amalga oshirildi:
Aholi muammolari o‘rganildi
Ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi
🤝 Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi
Babajanov Jamolbek Jumabayevichning qabuli tashkil etildi.
🏗 Hududiy rivojlanish bo‘yicha o‘rganish
📄 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining
“2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:
🏫 “Bunyodkor” va “Yangiobod” mahallalarida joylashgan
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
👥 O‘rganishda ishtirok etdilar:
Izzat Masharipov
Viloyat va tuman Kengashi deputati Elyor Dushamov
Tuman Kengashi deputati Mansur Kariyev