Yangiliklar

Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumandagi mahallalarda, ko‘p qavatli uylar markazlarida yangidan qurilayotgan pillaxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida qurilish jarayonlarining borishi, ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pillaxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali aholi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, hududni obodonlashtirish va pillaxonalarni qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7