Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputat
sifatida Bog‘chakalon mahallasida bo‘lib, 2-son maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tashrif davomida mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar
belgilandi. Shuningdek, tuman hokimi maktabda tashkil etilgan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida maktab kutubxonasi uchun kitoblar xarid qilib, kutubxonaga topshirdi. Mazkur tashrif yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir namunasi bo‘ldi.