Yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov Ipak yo‘li MFYda bo‘lib, mahalla raisi va ijtimoiy xodim hamrohligida ta’mirga muhtoj xonadonlar holatini o‘rgandilar.

Oʻrganishda bir qator oilalarning yashash sharoiti, uy-joylarning texnik holati hamda mavjud muammolari koʻzdan kechirildi.

Suhbat jarayonida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli rejalar belgilab olindi.

Bunday o‘rganishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8